

"Yevropa Ligasi sovrini biz uchun muhim, chunki kelasi mavsum YCHLda ishtirok etishni istaymiz. Ushbu bosqichdan o'tishni istaymiz va asosiysi, finalga chiqish maqsadimiz. YCHLdan chiqib ketganimiz biz uchun qattiq zarba bo'ldi. Ammo Yevropa Ligasida ham g'alabaga erishish oson emas.
Juda ko'p o'yin o'tkazaversangiz, taqvimingizni ko'proq o'yinlar bilan to'ldirishni istaysiz. Italiya Kubogida chorak finalga chiqdik, Yevropa Ligasida ham uzoqroqqa borishni istaymiz. Shunday bo'lsa-da, "Nant"ga qarshi o'yinda diqqatimizni yo'qotmasligimiz kerak", - dedi Allegri.
"Yuventus" ayni damda 29 ochko to'plagan holda A Seriya turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.



