Alisson 7 o'yindan buyon gol o'tkazib yubormayapti

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019, 15:42
Darvozabon Alisson Amerika Kubogi doirasida Braziliya tarkibida yana bir "quruq" o'yin o'tkazdi.

Ushbu posbon so'nggi 7 bahsda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi. Ushbu seriya "Barselona"ga (4:0) qarshi bahsda boshlangandi. Shundan keyin u "Vulverxempton" va "Tottenxem", shuningdek, Gonduras, Bolivii, Venesuela va endi Peru termasiga qarshi o'yinlarda qatnashdi.

Braziliya ushbu g'alabasi orqali Amerika Kubogi guruh bosqichidan chiqib oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA