Alexandro Gomes ispan klubi bilan kelishuvga erishdi

Alisher
23 yanv 2021, 15:28
"Atalanta" forvardi Alexandro Gomes "Sevilya"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, tomonlar shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishgan.

Gomes andalusiyaliklar bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. 32 yoshli argentinalikning ispan klubidagi maoshi yiliga 3 million evroni tashkil etadi.

"Sevilya" o'yinchining transferi uchun 5-6 million evro sarflashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira