Aleksis Sanches maoshining qisqarishiga qarshi emas

Mirjalol Normatov
1 iyul 2021, 23:59
Aleksis Sanches "Inter" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, yangi shartnoma uchun futbolchi maoshining qisqarishiga qarshi bo'lmagan. Yaqin vaqtlar ichida 3 yillik shartnomaga qo'l qo'yadigan futbolchining yillik maoshi 7 mln evrodan 5 mln evrogacha tushadi.

Aleksis 2019 yildan buyon "Inter" tarkibida harakat qilmoqda. Futbolchi "neradzurri" tarkibida barcha turnirlarda 70 o'yinda 11 gol va 18 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport