Aleksandr Iosifovich Adismanni tabriklaymiz!

Aziz Tukhtamuradov
28 mar 2019, 20:36
Bugun basketbol bo'yicha O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Aleksandr Iosifovich Adisman tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Aleksandr Iosifovich nomi nafaqat O'zbekiston, balki ko'plab mamlakatlarda ham basketbol nomi bilan chambarchas bog'langan. U yurtimizda basketbolning rivojlanishi, iqtidorli sportchilarni tarbiyalash va turli musobaqalarda jamoalarimizga murabbiylik qilgani bilan barchaning e'tiborini qozongan. Murabbiylik faoliyatida turli xalqaro musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi bilan muvaffaqiyat qozongan. Mamlakatimizda basketbol sport turining rivojlanib borishida faol harakatlari bilan munosib o'rin tutgan.

Murabbiylik faoliyati davomida quyidagi yutuqlarga erishgan:

- 1967 yil, Dushanbe. Markaziy Osiyo respublikalarining 1-ayollar Spartakiadasida 1-o'rin;

- 1980 yil, Chelyabinsk. Oliy ligaga o'tish turnirida 1-o'rin;

- “Universitet” jamoasi ikki karra talabalar Spartakiadasi chempioni;

- 1983-1984 yilgi sobiq mamlakat chempionatida 5-o'rin;

- 1995 yilgi Osiyo o'yinlarida terma jamoa nimchorak finaligacha yetib bordi;

U respublika terma jamoasiga murabbiylik qilgan yillar davomida Olimpiya, Jahon va Yevropa chempionlari E.Kovalenko, R.Salimov, A.Jarmuxamedov, D.Suxarev, N.Buzlyakov, O.Levin kabi o'nlab sportchilar O'zbekiston sharafini munosib himoya qilganlar.

82 yoshni qarshi olgan Aleksandr Iosifovich Adismanni tabriklab, unga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com