Alba LaLigadagi yubiley uchrashuvini o'tkazdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2019
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida "Osasuna"ga qarshi o'yinda ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv himoyachi uchun LaLigadagi 200-bahs bo'ldi. 30 yoshli Alba ushbu vaqt davomida 9 gol urdi va 42 golga assistentlik qildi.

Alba 2012 yildan buyon "Barselona" sharafini himoya qilmoqda. Ushbu vaqt davomida u 5 marta Ispaniya chempioni bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal