"Al Qodisiya" van Deykni jalb qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
2 may 2024, 17:27
Angliyaning "Liverpul" jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubidan taklif oldi, deya xabar berdi "Sports Zone".

Xabar qilinishicha, arab klubi 32 yoshli van Deyk uchun ajoyib taklif bilan chiqqan. Avvalroq niderlandiyalik himoyachi borasida "Liverpul"ga Germaniyaning "Bavariya"si so'rov bilan chiqqandi.

Virjil van Deyk joriy mavsum "Liverpul" tarkibida 45 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Zone