"Al Nassr" bosh murabbiyni iste'foga chiqardi

Xayrulla Xoliqov
28 dek 2020, 14:15
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi.

O'tgan ikki yil davomida asosiy jamoani boshqargan portugaliyalik murabbiy Rui Vitoria qoniqarsiz natijalar sabab bo'shatildi. Jamoani vaqtincha yoshlar jamoasi murabbiyi Alen Xorvat boshqarib turadi. 

"Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionatida 10ta o'yindan so'ng atigi 8 ochko to'plab, 15-o'rinni egallab turibdi. Riyodliklar oxirgi turni "Damak" klubiga qarshi o'tkazib 2:2 hisobini qayd etishdi. Bu o'yindan 24 soat o'tib bosh murabbiy iste'foga chiqarildi. 

Eslatib o'tamiz, bu mavsum "Al Nassr" Osiyo chempionlar ligasida yarim finalga qadar borib, Eronning "Persepolis" klubiga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com