“Al Hilol” “Paxtakor” stadionida mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
6 may 2014, 19:04
Saudiya Arabistonining eng nomdor klublaridan biri “Al Hilol” bugun “Paxtakor” markaziy stadionida mashg'ulot o'tkazdi.
Xabaringiz bor, ertaga “Bunyodkor” aynan shu jamoaga qarshi OCHLning 1/8 finalidan o'rin olgan dastlabki bahsda maydonga tushadi.

“Al Hilol”ning o'yinoldi rasmiy mashg'ulotida Toshkentga kelgan barcha o'yinchilar ishtirok etishdi. Jamoa safida asosiy o'yinchilardan birgina braziliyalik Tyago Nesves jarohat olgan va u Toshkentga kelgani yo'q. Qolgan futbolchilarning barchasi sog'.

“Al Hilol” tarkibida Yosir Al Qahtoni (jamoa sardori), Muhammad Al Shulhub, Nosir Al Shamroni, Kvak Tay Xvi, Digao, Saud Xariri, Kastilo singari o'ziga yarasha taniqli o'yinchilar bor. Klubni Saudiya futbolining nomdor yulduzlaridan biri Sami Al Jaber boshqarmoqda. O'ylaymizki, ertangi bahs qiziqarli kechadi.

X.Xoliqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia