Akmal Shorahmedov keyingi mavsumni Xitoyda o'tkazishi mumkin

Narzulla Saydullayev
13 noya 2013, 23:33
"Bunyodkor" klubi va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Akmal Shorahmedov keyingi mavsumni Xitoy superligasida o'tkazishi mumkin.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Shorahmedov dekabr va yanvar oylarida Xitoy klubida ko'rikda bo'ladi. 

Akmal Shorahmedov 2011 yildan buyon "Bunyodkor" safida o'ynab kelmoqda. Shu kunga qadar himoyachi klubi safida 100ga yaqin o'yin o'tkazgan. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia