Akmal Abdurahmonov: "Toshkentga g'alaba uchun keldik"

Narzulla Saydullayev
27 may 2016, 10:28
Ma'lumki bugun oliy liganing 10-tur uyinlariga start beriladi.

Ushbu tur doirasida “Obod” jamoasi Jizzaxning “Sug'diyona ” jamoasini qabul qiladi. Ushbu o'yin oldidan  “Sug'diyona ” jamoasi hujumchisi Akmal Abdurahmonov fikrlari bilan qiziqdik.

- Kubokda  Muborakning “Mashal” jamosi bilan bo'lib o'tgan uyindan so'ng jizzaxlik muxlislar siz haqingizda iliq  fikrlar bildirishdi. Bunga munosobatingiz qanday?

- Avvalo usha o'yin uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Biz juda harakat qildik, ammo omad yetishmadi.  Muxlislarga esa katta rahmat aytaman va mening maqsadim gol urish. Maqsadimga erishib, muxlislarning menga bildirilgan ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- “Obod” jamoasiga qarshi  bo'lajak o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- Bizni juda og'ir uyin kutayapti bu hammaga ma'lum. “Obod” jamoasi yaxshi shakllangan jamoa. Mag'lubiyatdan so'ng bor e'tiborimizni ushbu bellashuvga qaratdik.  Jamoadoshlarim hammasi yaxshi kayfiyatda. Biz qo'limizdan kelgancha xarakat qilamiz. Maqsadimiz bitta biz Toshkentga g'alaba uchun keldik va turnir jadvalidagi o'z o'rnimizni mustahkamlamoqchimiz.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia