Akbar To'raev: "Maqsad - "Neftchi"ni Superligaga qaytarish"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2021
"Neftchi" - "Dinamo" (2:1) o'rtasidagi nazorat uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar darvozaboni Akbar To'raev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Neftchi" bilan yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Yig'inni Toshkentda boshladik, so'ng "Hokim kubogi" musobaqasida davom ettirdik. Mazkur turnir har tomonlama foydali bo'ldi, deya olaman. Futbolchilar o'sha vaqt hali to'liq tayyor emasdi. Shuningdek, tarkibdagi aksariyat futbolchilar yangi edi. Kamchiliklar ko'ringani rost. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlayapmiz. Ayni paytda tayyorgarlikning uchinchi qismini o'tkazmoqdamiz. O'rtoqlik uchrashuvlari orqali bir-birimizni yaxshiroq tushunib boryapmiz. 

Ko'rayotgan bo'lsangiz PRO-Liga ham bugungi kunga kelib Superligadan qolishayotgani yo'q. O'tgan yildan boshlab uchrashuvlar jonli efirda translyatsiya qilinmoqda. Barcha jamoalar oldiga jiddiy maqsad qo'ygan. "Neftchi"ning loyihasi uzoq yillik. Birinchi bosqich jamoani Superligaga qaytarish. Bu yildagi asosiy vazifamiz ham shunday",- deydi Akbar To'raev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia