Aguero: "Manchester Siti" - doim yuragimda"

Alisher
30 may 2021, 18:23
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero kecha "shaharliklar" tarkibidagi so'nggi o'yinini o'tkazdi.

"Bu jamoadan va ushbu libosda o'ynaganimdan faxrlanaman", - deya izoh qoldirdi futbolchi ispan va ingliz tillarida.

Eslatib o'tamiz, argentinalik 32 yoshda, u "Etixad"ga bundan 10 yil oldin kelgan.

Futbolchi yakunlangan mavsum ko'p ham maydonga tushmadi. Serxio 20ta o'yinda harakat qilib, 6ta gol urishga erishdi. Futbolchining keyingi klubi "Barselona" bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: https://twitter.com/aguerosergiokun