AGMK futbolchisi "Neftchi"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022, 01:10
AGMK matbuot xizmati himoyachi Andrey Mishenkoning "Neftchi"ga o'tganini ma'lum qildi.

"Jamoamizga joriy mavsum kelib qo'shilgan himoyachi Andrey Mishenko bilan tuzilgan shartnoma o'zaro kelishuvga asosan ikki tomonlama bekor qilindi.

Mishenkoga jamoamiz nomidan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan holda uning keyingi Neftchi jamoasidagi faoliyatida omad tilaymiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Yozdagi yig'inlar davomida Mishenko "Neftchi" tarkibida "Zomin" hamda "Lokomotiv"ga qarshi nazorat o'yinlarida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати