Agent Sadio Mane "Bavariya"da qolishini tasdiqladi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2023, 10:29
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane agenti futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkinligi haqidagi xabarlarga javob berdi.

"Men Saudiya Arabistonidan bo'lgan taklifni eshitmadim. Bir narsa aniq, Mane yangi mavsumda "Bavariya" safida to'p tepadi. U klub bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. Sadio bir mavsum Myunxenda bo'lib turibdi va kelishuv bo'yicha yana ikki yil bor. Shunday ekan hozircha u hech qaerga kyetmaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com