

"Ayni paytda Romelu mavsum yakuniga e'tiborini qaratgan. Bu uning ikkinchi mavsumi va shartnoma bo'yicha yana 3 yil bor. Ko'ramiz, nima ro'y berar ekan. U turlicha futbolni va turli madaniyatni yoqtiradi. U turli mamlakatlarda o'ynashni xohlaydi va o'sha chempionatlarda sovrin yutishni istaydi. Yakunda esa farzandlariga "Men u yerda ham, bu yerda ham g'olib bo'lganman", - deyishni xohlaydi. Uning kelajagi ochiq, lekin biz buni muhokama qilmaymiz. Unga Italiya yoqadi, Germaniya chempionati ham kuchli. "Barselona" va "Real" kabi jamoalar istalgan o'yinchining e'tiborini tortadi", - dedi agent.




