Abramovga Miklyaev yordam beradi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2014, 09:51
Yaqinda Vadim Abramovning “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlanganidan xabaringiz bor.
Kecha jamoa “Obod” sun'iy maydonida “So'g'diyona”ga qarshi nazorat bahsini o'tkazib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu o'rtoqlik uchrashuvida Vadim Karlenovichga Andrey Miklyaev yordam berib turdi. Ma'lum bo'lishicha, bundan keyin ham Miklyaev Abramovga yordam berishda davom etadi. Marat Miftaxutdinov esa “Mashal”dagi ishini davom ettiradi. Albatta, to'satdan o'zgarish ro'y berib qolmasa...

Xayrulla Xoliqov.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia