Abduqodir Husanov milliy jamoa mashg'ulotlaridan oldin intervyu berdi

Administrator
18 mar 2025, 22:11
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bugungi mashg'ulotlar oldidan jurnalistlarga kichik intervyu berdi.

– O'yinga tayyorgarliklar qanday?

– Tayyorgarlik yaxshi. O'yinga tayyormiz.

– Abduqodir, taassurotlar qanday?

– Taassurotlar zo'r.

 Terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlangan, shu haqida fikringiz qanday? Siz baribir Kapadze bilan birga ishlagansiz

– Bu yerdagi ko'pchilik birga ishlagan. Yaxshi hammasi.

– Qirg'iziston bilan ikkinchi o'yin. Bu uchrashuvni avvalgisidan qanday farqi bo'ladi?

– Kattaroq hisobda yutishga harakat qilamiz.

– Ko'pchilikni qiynayotgan savol. Timur Kapadze uchta markaziy himoyachi bilan o'ynaydimi yoki ikkitami? Bu haqida hali ma'lumot berilmadimi?

– Men bu yerda o'yinchiman, murabbiy emas.

– Klubdagi mashg'ulotlar zavqliroqmi yoki terma jamoadagi?

– Ikkalasi ham zavqli.

– Kojo uchrashuvda qanchalik muammo tug'dirishi mumkin?

– O'yinda ko'ramiz.

– Muxlislarga nima deysiz?

– Muxlislardan qo'llab-quvvatlashlarini so'raymiz. Sizlar bilan osonroq bo'ladi.

– Pep sizni ingliz tilini yaxshi bilmaydi degandi. Til o'rganish jarayoni qanday ketyapti?

– Hammasi yaxshi. Sekin o'rganyapmiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia