A Seriyaning 3 o'yini koronavirus tufayli boshqa kunga ko'chirildi

Mirjalol Normatov
23 fev 2020, 10:59
Xitoydagi koronavirus Yevropa futboliga qadar yetib bormoqda.

Italiya premer-ministri Juzeppe Konte mamlakatdagi ikki provinciya - Lombardiya va Venetodagi barcha sport tadbirlarini bekor qildi.

Shular jumlasida A Seriyaning 3 o'yini ham bor. Bunga sabab sifatida koronavirus xavfi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, bugun bo'lishi kerak bo'lgan "Verona" - "Kalyari", "Atalanta" - "Sassuolo" va "Inter" - "Sampdoriya" kabi uchrashuvlar bekor qilingan.

O'yinlarning o'tkazilish sabablari hali ochiqlanmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport