A Seriya. Zlatan 3-o'yinda 5-golini urdi

Ayni paytda Italiya chempionati 5-turi doirasida "Milan" – "Roma" uchrashuvi o'tkazilyapti. Jamoalar birinchi bo'limdan keyin tanaffusga chiqishdi.

O'yinda hisob "Milan" yetakchisi Zlatan Ibragimovich tomonidan ochildi. Shvetsiyalik hujumchi A Seriyaning joriy mavsumida ajoyib natija qayd etyapti. Turnirda 3-o'yinini o'tkazayotgan forvard allaqachon 5 ta gol urishga ulgurdi. U uchrashuvning 2-bo'limida bu ko'rsatkichni yanada yaxshilab olishi mumkin.


Manba: championat.asia