8-turning markaziy o'yinini jamoalar qanday libosda o'tkazadi?

Narzulla Saydullayev
26 apr 2018
26 aprel kuni Superligada 8-tur bellashuvlari davom ettiriladi.

Turning markaziy bahsida Toshkentning ikki grand jamoalari – "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" o'zaro to'qnash kelishadi.  

25 aprel sanasida mazkur o'yin oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda o'yinning tashkiliy masalalari muhokama etildi. Yig'ilish yakunida jamoalarning o'yinni qanday libosda o'tkazishlari ham aniqlab olindi.

Unga ko'ra, "temiryo'lchilar" jamoasi qizil-yashil-yashil libosda maydonga chiqadigan bo'ldi. Jamoamiz darvozaboni egnida qora rangdagi forma bo'ladi. "Qaldirg'ochlar" jamoasi esa to'liq ko'k rangdagi libosdan foydalanadi. "Bunyodkor" darvozaboni kulrang formada maydonga chiqadi.  

Takidlash joiz, "Bunyodkor" – "Lokomotiv" qarama-qarshiligi soat 20:30da start oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz