

Joriy yilning 7 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Mazkur uchrashuv oldidan “Milliy” stadionda O'zbekiston kubogi uchinchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qur'a Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Takidlash joiz, O'zbekiston – KXDR uchrashuvi 7 iyun kuni soat 20:00da boshlanadi.



