41 yoshli Pepe Saudiya Arabistonida o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2024, 18:08
Pepe hali kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q.

Portugaliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Pepe faoliyatini qayerda davom ettirishini bilmayapti. Yaqinda 41 yoshli faxriy o'z terma jamoasi tarkibida Evro-2024dan chiqib ketdi – portugaliyaliklar Fransiyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishdi.

Pepe iyul oyidan buyon erkin agent maqomiga ega, chunki uning "Portu" bilan shartnomasi yakuniga etdi. "Transfer News Live" xabariga ko'ra, markaziy himoyachi yangi mavsumda qayerda o'ynashini hali hal qilmagan. 

Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonida futbolchiga da'vogarlar bor, yaqin orada muzokaralar olib boriladi. Pepe Portugaliya terma jamoasi safida 141 ta o'yin o'tkazgan. 2025 yilning fevral oyida futbolchi o'zining 42 yoshini nishonlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfer News Live