40 yoshli Krishtianu Ronalduning biologik yoshi 28 da

Sherzod Nurmatov
25 noya 2025
Whoop kompaniyasiga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi va "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning biologik yoshi 28 da.

"Ma'lumotlar aldamaydi", – dedi futbolchining o'zi tadqiqot haqida.

Krishtianu Ronaldu ushbu mavsum klub va terma jamoa safida 17 o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Portugaliyalik futbolchi 2023 yildan beri "Al Nassr" sharafini himoya qilib kelmoqda va "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Whoop