37 yoshli Kualyarella 2020 yilda ajoyib natija qayd etmoqda

9 mar 2020, 01:56
Italiya chempionati 26-turida "Sampdoriya" klubi "Verona"dan ustun keldi (2:1).

Mazkur bahsda genuyaliklar forvardi Fabio Kualyarella dubl qayd etdi.

A Seriyaning joriy mavsumida 21 o'yinda maydonga tushgan 37 yoshli hujumchi o'z hisobiga 9ta gol yozdirib qo'ygan. Qiziqarli jihati shundaki, shulardan oltitasi 2020 yilda kiritilgan bo'lib, buning uchun italiyalik futbolchiga 7ta o'yin kifoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal