2020 yil TOP-5 liga vakillari orasida penaltidan eng ko'p gol urgan futbolchilar ma'lum

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2021, 21:50
Ro'yxatda yetakchi sifatida “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu ko'rsatilgan.

U o'tgan yil 11 metrlik nuqtadan 17 bor raqib darvozasini ishg'ol etgan. 2-o'rinda MYU a'zosi Brunu Fernandesh (15 ta) turgan bo'lsa, “Lacio” hujumchisi Chiro Immobile (14) kuchli uchlikka yakun yasagan.

Kuchli o'nlik esa quyidagicha:

1. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") – penaltidan urilgan 17 ta gol;

2. Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted") – 15;

3. Chiro Immobile ("Lacio") – 14;

4. Romelu Lukaku ("Inter") – 10;

5-9. Andrey Kramarich ("Xoffenxaym") – 9;

5-9. Jordan Veretu ("Roma") – 9;

5-9. Neymar (PSJ) – 9;

5-9. Lukas Okampos ("Sevilya") – 9;

5-9. Lionel Messi ("Barselona") – 9;

10. Muhammad Saloh ("Liverpul") – 8.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Transfermarkt