2007 yildan beri ilk marta Messi eng kuchlilar ro'yxatida emas

Aslanov Jasurbek
3 sen 2018, 18:12
FIFA rasmiy sayti 24 sentyabr kuni Londonda yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrin uchun asosiy 3 da'vogar ro'yxatini e'lon qildi.

Kuchli uchlik Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich va Muhammad Salohdan tashkil topgan. 2007 yildan beri ilk marta ushbu ro'yxatga "Barselona" forvardi Lionel Messi kiritilmadi. Aynan o'sha yildan boshlab Messi sayoramizning eng kuchli 3 futbolchisidan biri sifatida tan olinayotgan edi.

Messi kuchli uchlikka kirishidan avvalgi yilda (2006) Fabio Kannavaro, Zinedin Zidan va Ronaldinyo "Oltin to'p" triosini tashkil qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia