U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi taqvimi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
22 may 2017, 15:06
2018 yili 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “D” guruhi uchrashuvlarining o'tkazilish kunlari ma'lum bo'ldi.

BAA mezbonlik qiladigan mazkur guruhdan O'zbekiston, Livan va Nepal yoshlari joy olgan.

“D” guruhi uchrashuvlari 15–19 iyul oralig'ida bo'lib o'tishi belgilandi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa dastlab Livan yoshlariga qarshi bahs yuritadi. Keyingi raqib Nepal bo'ladi. Nihoyat, so'nggi bellashuv maydon egalari – BAA yoshlariga qarshi kechadi.

Osiyo chempionatiga saralash o'yinlarining barchasi Al-Ayn shahridagi Tahnoun Bin Mohamed Stadium maydonida bo'lib o'tadi.

U-23 Osiyo chempionati saralashi
15–19 iyul kunlari
BAA, Al-Ayn shahri

15 iyul, shanba

19:25 BAA – Nepal
22:15 O'zbekiston – Livan

17 iyul, dushanba

19:25 Nepal – O'zbekiston
22:15 Livan – BAA

19 iyul, chorshanba

19:25 BAA – O'zbekiston
22:15 Livan – Nepal

Izoh
: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com