“Zomin” bosh murabbiyi Asqar Umarov: “Bu g'alabadan keyin chempionlikka bir qadam yaqinlashdik”

Aslanov Jasurbek
20 sen 2021, 13:16
Birinchi liga 18-turi doirasida o'tkazilgan “Zomin” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov bilan suhbatlashdik. Aytish kerakki, mazkur o'yinda “Zomin” 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin to'g'risida

- Mavsumning hal qiluvchi pallasiga yetib keldik, - deya so'z boshladi Umarov. “Lokomotiv-BFK” bilan bahsda g'alaba qozonib, chempionlikka bir qadam yaqinlashib olishni rejalashtirgandik. Yigitlar o'yin avvalida berilgan ko'rsatmalarga to'liq amal qildi va yaratilgan vaziyatlarimizni golga aylantirdi. 

“Lokomotiv-BFK” ko'rsatgan o'yin borasida

- Asosan yoshlardan tashkil topgan ekan. Shunga qaramay, jamoaning o'z o'yin uslubi borligi ko'zga tashlandi. Ancha vaqt davomida biz bilan tengma-teng o'yin ko'rsatib, darvozamiz oldida imkoniyatlarga ega bo'ldi. Bu o'yinda tajriba ko'proq asqotdi. “Zomin”da asosan tajribali yigitlar ko'pchilikni tashkil qilgani tufayli, g'alaba qozonishimiz ham oson bo'ldi.

Raqobatchilar haqida

Oldinda bizni uchta o'yinimiz bor. Shu o'yinlarda yutqazmaslik va g'alaba qozonib, birinchi liga chempioni nomini qo'lga kiritmoqchimiz. “G'ijduvon” va “Nabvahor-Farm” ham ochko yo'qotishimiz istashi tabiiy. Kurash turdan-turga jiddiy tus olmoqda. Pro-ligaga chiqish vazifasini qo'ygan jamoalar ochko yo'qotishni istamaydi. “Lokomotiv-BFK” ustidan qozonilgan muvaffaqiyat bizni qo'yilgan maqsadimizga bir qadam yaqinlashtirdi. O'ylaymanki, biz vazifamizni uddalay olamiz. 

Tarkibdagi futbolchilar xususida

-  Bizning jamoada har bir chiziqda raqobat bor. Ayniqsa, bu mavsumda yoshlarimiz o'zlarini har tomonlama ko'rsatmoqda. “Lokomotiv-BFK”ga qarshi kechgan o'yinda Jonibek Ko'chimov, Bahodir Daminov va boshqalar ajoyib harakatlari bilan maydonda ajralib turdi. Qolganlar xususida ham shunday fikrlarni ayta olaman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia