Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2021, 18:15
Xorvatiya terma jamoasi amaldagi bosh murabbiyi Zlatko Dalich bilan kelishuvni uzaytirdi.

Yangi shartnomaga ko'ra 55 yoshlik mutaxassis Evro-2024 turnirining oxiriga qadar faoliyat olib boradi. Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasini 2017 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning murabbiyligida "shaxmatlilar" 2018 yil Rossiyada o'tgan Jahon chempionatida finalga qadar yetib bordi. Bosh sovrin uchun kechgan uchrashuvda Fransiyaga mag'lub bo'lgandi (2:4).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спортс.ру