Zlatandan navbatdagi "yurish"

Tolibjon Qosimov
1 avg 2020, 09:53
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muxlislarning ko'plab reakciyalariga sabab bo'lgan navbatdagi "chiqish"ni amalga oshirdi.

38 yoshli shved rasm joyladi, unda Ibragimovichning qarigan holatdagi rasmi va quyidagi yozuvlar bor: "Men 50 yoshgacha bir xil darajada o'ynay olaman".

O'ziga hos iqtiboslari bilan futbol olamida doim shovqin ko'tarishga odatlangan Ibra ushbu rasmli postga "Zlatanning fikriga qo'shilaman", - deb izoh qoldirgan.


Eslatib o'tamiz, Zlatan qishda "Milan"ga o'tganidan keyin A Seriyada 9 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.


Italiya chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> A Seriya

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Ibra_official