Zlatan mashg'ulotda jarohat oldi, u uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin

Alisher
25 apr 2023, 09:40
Zlatan Ibragimovich mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan bo'lishi mumkin.

 “Milan” hujumchisi “Lechche”ga qarshi (2:0) A Seriya o'yinida zaxiradan maydonga tushishi uchun tayyorgarlik ko'rganida, o'zini noqulay his qilgan. Shundan so'ng, Ibrahimovich klub massajchisi yordamida oqsoqlanib kiyim almashtirish xonasiga borgan. Hozircha 41 yoshli hujumchiga aniq tashxis qo'yilmadi. 

Biroq, "Pazzi di Fanta" xabariga ko'ra, Zlatan boldiridagi jarohat tufayli mavsum oxirigacha “Milan”da o'ynamasligi ehtimoli bor. Joriy mavsumda Zlatan Ibrahimovich “Milan” safida A Seriyada bor yo'g'i 4 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru