​Zlatan Ibragimovich: "Barcha tanqidchilarni "nogironlar aravachasi"ga o'tqazib qo'ydim"

6 noya 2018, 00:27
"Los-Anjeles Geleksi" hujumichisi Zlatan Ibragimovich APL haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"APL menga yoqdi. Bu juda qiziqarli tajriba bo'ldi. Chempionatga qiziqish katta. Lekin, APLning qiymati o'zining darajasidan biroz yuqori baholanmoqda, deb hisoblayman. Futbolchilarning individual qobiliyati va texnikasi haqida aytayapman. O'yinlar juda yuqori suratda bo'lganligi uchun futbolchiga har doim qiyin bo'ladi. Hatto, u jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lsa ham. Bunday tempni barqaror saqlab qolish juda qiyin".

"Manchester Yunayted" uchun o'ynaganimdan baxtiyorman va faxrlanaman. Bu to'g'ri tanlov edi. Klub va muxlislari haqida ajoyib xotiralar qolgan".

"APL futbolchilari va murabbiylarini omadi keldi. Chunki men APLga borganimda 35 yoshda edim. Agar 10 yil avvalroq kelganimda, bu umuman boshqacha suhbat bo'lishi mumkin edi. Hamma gapirdi, men nogironlar aravachasida kelganimni. Aslida, men barcha tanqidchilarni o'sha "nogironlar aravachasi"ga o'tqazib qo'ydim", - dedi Zlatan.

O'xshash yangiliklar


Manba: FourFourTwo