Zlatan effekti. “Milan” mavsumda ilk bor qatorasiga uch o'yinda zafar quchdi

Eldor Akmurzayev
19 yanv 2020, 19:50
“Milan” bugun A Seriyaning 20-turi doirasida o'z maydonida “Udineze”ni qabul qilib, irodali tarzda (3:2) zafar quchdi.

Shu tariqa, Stefano Poli shogirdlarining g'alabali seriyasi uch o'yinga etdi va ushbu ko'rsatkich mavsumda ilk marta qayd etildi. “Rossonerilar” chempionatning avvalgi turida “Kalyari”ni 2:0 hamda mamlakat Kubogining 1/8 bosqichida esa SPALni yirik hisobda (3:0) taslim etishgandi. 

Eslatib o'tamiz, milanliklar A Seriyada 28 ochko to'plagan golda 8 o'rinda bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru