Zinedin Zidandan qoyilmaqom natija

2 may 2018, 08:11
Kecha "Real" "Bavariya"ni ikki o'yin natijasiga ortda qoldirib (2:2, 2:1) YCHL-2017/18 finaliga chiqdi.

Shu tariqa 2016 yilning 4 yanvaridan boshlab madridliklar bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan Zinedin Zidan YCHLda 9 ta pley-off o'yinining birortasida mag'lub bo'lmadi. 45 yoshli francuz 2 yil ichida (2016, 2017) 2 marta YCHL g'olibligini qo'lga kiritdi va uchinchisi uchun katta qadam tashladi. Zidan – "Real" tarixida jamoani Chempionlar Ligasi/Kubogi musobaqasi finaliga 3 marta olib chiqqan birinchi mutaxassis bo'ldi. Jamoa qatorasiga besh marta ECHK g'olibligini qo'lga kiritgan yillarda (1956, 1957, 1958, 1959, 1960) jamoani uchta turli murabbiy boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports