

Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapoglu sport tadbirlarining keyingi qarorga qadar to'xtatilishini qo'shimcha qildi.
Xususan, Turkiya chempionatining bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan “Umraniespor” – “Adana Demirspor”, “Giresunspor” – “Kayserispor” va “Fenerbaxche” – “Konyaspor” uchrashuvlari bekor qilindi. Shuningdek, voleybol, qo'l to'pi, og'ir atletika va boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilmaydi.
Eslatib o'tamiz, Turkiyaning janubi-sharqida 6 fevralga o'tar kechasi 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi va bu mamlakatda 1939 yildan beri eng kuchli tabiiy hodisa bo'ldi. Zilzila epicentri Gaziantep shahri yaqinida qayd etilgan.



