Ziko Qatarning “Al-G'arafa” klubini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
2 avg 2013, 12:15
Braziliya terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi sobiq bosh murabbiyi Ziko, Qatarning “Al-G'arafa” klubi bosh murabbiyligiga tayinlandi, deya xabar beradi Globo Esporte.
“Men shanba kuni Qatarda ishimni boshlayman. Biz klub rahbariyati bilan elektron pochta orqali muzokaralar olib bordik”.

“So'nggi kichik masalalarni muhokama qilish va shartnomani imzolash qoldi. Faoliyatimdagi yangi chaqiriqdan xursandman”, - dedi Ziko. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru