

Bu ikki futbolchi zaxiradan maydonga tushib, o'z jamoasiga irodali g'alaba taqdim etishdi.
"Xames ayni damda asosiy tarkib futbolchisi emas, ammo u maydonga boshlang'ich tarkibda chiqishi mumkin edi. Men futbolchini har kunlik mehnati bo'yicha baholayman. Xames o'z vazifalarini yaxshi uddalayapti va uning o'yinidan ko'nglim to'q. Morataga keladigan bo'lsak, hujumchidan doimo gollar so'raysan, ammo uning mehnatidan mamnunman. Bugun Morata hal qiluvchi rolni o'ynadi, ertaga bu vazifani Benzema bajaradi, keyin yana boshqa futbolchi" - deydi Zidan.


