Zidan: “Ronaldusiz “Real”ni tasavvur qilolmayman”

6 yanv 2018, 23:16
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoasi hujumchisi Ronalduning jamoani tark etishi haqidagi gap so'zlarga izoh berdi.

Shuningdek, Zidan Ramosning jamoadagi roli haqida gapirdi.

-Siz “Real”ni Ronaldusiz tasavvur qila olasizmi?

-Yo'q. Mutlaqo yo'q. U “Real” futbolchisi va faoliyatini shu yerda yakunlamoqchi. Krishtianuni boshqa klubda to'p tepishini o'ylay olmayman.

-Ramossiz “Real” nimani yo'qotadi?

-Juda ko'p narsani. U bizning yetakchi va sardor. U doim biz bilan birga bo'lishini istaymiz. Albatta jarohatlar ham bor. Payshanba kuni u biroz betob edi, shifokorlar tavsiyasi bilan tavakkal qilishni istamadik. 

Oldimizda juda ko'p o'yinlar bor, mavsum uzun va u bizga sog'lom holatda zarur. O'ylamanki, u kam muddatga safdan chiqdi”,  deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS