Zidan "Real"dan ketadi

Alisher
24 iyul 2020, 10:40
"Real" darvozabon Lyuka Zidan bilan shartnomani uzaytirmaydi.

Bosh murabbiy Zinedin Zidanning o'g'li yakunlangan mavsumni Segundada, aniqrog'i "Rasing"da ijara asosida o'tkazdi.

Xabarlarga ko'ra, 22 yoshli fransiyalik posbon "Monpele" bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Real" mavsumni "Ovedo"da ijarada o'tkazgan Andrey Luninni ortga qaytarmoqchi. Katta ehtimol bilan ukrainalik futbolchi "Real"da yangi mavsumda ikkinchi darvozabon bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS