Zidan o'g'lini "Real"ning ikkinchi darvozaboniga aylantirmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 may 2019, 14:38
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'g'li Lukani "Qirollik klubi"ning ikkinchi darvozaboniga aylantirmoqchi.

Fransiyalik mutaxassis o'g'li va ayni damda ijara asosida "Leganes" darvozasini qo'riqlayotgan Andrey Lunin o'rtasida sezilarli farq yo'q deb hisoblamoqda.

Ayni damda "qaymoqranglilar"ning ikkinchi posboni bo'lib turgan Keylor Navas yozdi jamoani tark etishi kutilmoqda.

21 yoshli Luka Zidan joriy mavsum "Real" safida 1ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shu bilan birga u "Kastilya" safida o'tkazgan 27ta o'yinida 33ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca