

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik mutaxassis "Las-Palmas"ga qarshi uchrashuvdan (2:1) so'ng klub prezidenti Florentino Peresga qo'ng'iroq qildi va undan jamoa futbolchilari Serxio Ramos, Marselo, Pepe va Krishtianu Ronaldu bilan uchrashuv uyushtirishni so'radi. Bu suhbatda Zidan jamoadan keyingi bahslarda borini berib harakat qilishini talab qilmoqchi. Aks xolda u klubni tark etmoqchi.


