Zidan - mag'lubiyat haqida: "Atigi 3 ochko yo'qotdik"

18 okt 2020, 00:45
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 6-turida "Kadis"ga (0:1) uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Raqibda xohish kuchliroq edi. Bizda hech qanday bahona yo'q, yomon o'ynadik. "Kadis"ni tabriklashimiz kerak. Futbolda shunaqasi bo'lib turadi. O'yin biz uchun qiyin boshlandi, raqiblar birinchi taymda 2-3 ta gol ursa ham, hech narsa o'zgarmasdi. Hech qanday baholarimiz yo'q.

– Ramosning jarohati haqida nima deya olasiz?

– Yoqimsiz voqea. Ko'ramiz, uning holatini o'rganishimiz kerak.  

– Bu sizning eng yomon o'yiningizmi?

– Biz atigi 3 ochko yo'qotdik. Bu juda muhim 3 ta ochko, bundan boshqa narsa emas. Endi keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlashimiz kerak, – deydi fransiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca