Joze Mourinyo: "Eto`O "Everton"ga qarshi o'yinda debyut qiladi"
Narzulla Saydullayev
14 sen 2013, 09:15
Chelsi ustozi Joze Mourinyo klubning yangi hujumchisi Samuel Eto`O Angliya premer-ligasining 4-turidan o'rin olgan Evertonga qarshi o'yinda maydonga tushishini ma'lum qildi.
Eto`O Chelsi safidagi dastlabki daqiqalarini Evertonga qarshi o'yinda o'tkazadi, - deydi Mourinyo VVS ga. - Unda gol sezish hususiyati ajoyib, tajribasi esa yoshlarga yordam beradi.