Joze Mourinyo: Chelsi Chempionlar Ligasi favoriti emas, lekin...

Narzulla Saydullayev
25 fev 2014, 21:27
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Galatasarayga qarshi bo'lib o'tadigan 1\8 final bahsi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men har bir uchrashuvni intiqlik bilan kutaman. Men uchun Turkiya chempioniga qarshi bahs judayam qiziqarli bo'ladi.

Drogbaga qarshi maydonga tushishga majburmiz. Bu judayam noqulay. U judayam xavfli o'yinchi. Lekin biz o'z vazifamizni bajarishimiz shart.

O'tgan yili bu yerda "Real"ga juda qiyin bo'lgan edi. "Chelsi"ni ham shunday manzara kutib turganini bilamiz. Biz Chempionlar ligasi favoriti emasmiz, lekin, jamoamiz shu ergacha yetib kelgan ekan, bundan keyin xam olg'a intilishda davom etamiz", - deya aytib o'tdi portugaliyalik murabbiy.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru