Jibril Sisse mavsum oxirida faoliyatini yakunlaydi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2014, 15:08
"Bastiya" futbolchisi Jibril Sisse mavsum tugashi bilan faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.

"O'ylashimcha, bu mening so'nggi mavsumim. Men sutkada 24 soat og'riq his qilyapman, xatto televizor ko'rayotganimda ham. Bir mavsum tishimni tishimga qo'yib tura olaman, ammo bundan ortig'iga chiday olmayman" - deydi Sisse.

Futbolchi faoliyati davomida "Oser", "Marsel", "Sanderlend", "Kuinz Park Reynjers", "Panatinaikos" "Lacio" va "Al-Garafa" klublarida to'p tepgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com