
Har ikki futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda. Joriy mavsumda Ispaniya chempionatida Telo 9ta uchrashuvda, Montoyya esa – 7ta bahsda maydonga tushdi.
– Montoyya va Telo ko'proq o'ynashni hohlaydimi? Men ularning noroziligini tushunaman, – Pike so'zlarini keltiradi BarcelonaFI tvitteri. – Lekin bu "Barsa". Agar ketishni istashsa, ular uchun eshik ochiq.