Jekson martines “Napoli”ga o'tishga rozilik berdi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013, 10:21
“Portu” klubi hujumchisi Jekson Martines “Napoli” tomonidan qilingan taklifni qabul qildi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.

Kolumbiyalik futbolchi “Napoli” bilan 5 yilga mo'lajallangan shartnoma imzolashga rozi. Jeksonning yillik daromadi esa 2 mln evroni tashkil etadi.

Transfer amalga oshishi uchun “Napoli” hali “Portu” bilan kelishib olishiga to'g'ri keladi.

Hozirda italiyaliklar Martines uchun 32 million evro berishga tayyor emaslar.

2012/13 yil mavsumi Portugaliya chempionatida Martines 30 o'yin o'tkazgan va 26 gol urishga erishgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru