Qur'a tashlash jarayoni 2015 yil 14 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir mahalliy vaqt bilan 15:00da (Toshkentda 12:00 bo'ladi). Jamoalarning savatchalarga ajratilishida FIFA reytingi inobatga olinadi.
FIFA reytingiga asosan 34ta terma jamoa 2-saralash bosqichiga avtomatik tarzda o'tdi. Ushbu jamoalar: Eron, Yaponiya, J.Koreya, O'zbekiston, BAA, Qatar, Ummon, Iordaniya, Xitoy, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iroq, Falastin, Livan, Quvayt, Filippin, Maldiv orollari, Vetnam, Tojikiston, Myanma, Afg'oniston, Tailand, Turkmaniston, KXDR, Suriya, Qirg'iziston, Malayziya, Gonkong, Singapur, Indoneziya, Laos, Guam va Bangladesh.
34 ta jamoa safiga 1-saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tadigan 6ta jamoa qo'shiladi.
1-saralash bosqichi juftliklari:
Hindiston – Nepal, Yaman – Pokistan, Sharqiy Timor – Mo'g'uliston, Kambodja – Makao, Xitoy Taypei – Bruney va Shri-Lanka – Butan. Juftliklar g'oliblari 17 martga qadar ma'lum bo'ladi.
40ta jamoa 2-saralash bosqichiga 8ta guruhga ajratiladi (har bir guruhda 5tadan jamoa). 2-saralash bosqichi 2015 yil 11 iyunida boshlanib 2016 yil 29 martiga qadar bo'lib o'tadi.
Guruh g'oliblari va ikkinchi o'rinlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4ta jamoa (jami 12 jamoa) 2019 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi va JCH-2018 so'nggi saralash bosqichiga chiqadi.
2-saralash bosqichida ishtirok etgan qolgan 24 jamoa OK-2019 final bosqichiga beriladigan 12 yo'llanma (yoki 11+1 mezbon davlat) uchun kurash olib boradi.