Bunga qadar 6ta stadion haqida ma'lumot bergandik.
“Arena de Korintians” (San Paulu)
“Arena das Dunas” (Natal)
“Estadio Kastelan” (Fortaleza)
"Arena Amazoniya" (Manaus)
"Braziliya milliy stadioni" (Brazilia)
"Arena Pernambuku" (Resifi)
Bugun esa Salvador shahridagi “Fonte-Nova” stadioni haqidagi ma'lumotlar bilan tanishing.
Ushbu stadion o'tgan yilgi Konfederatsiyalar kubogiga yaqin qolganida qurib bitkazilgan. Arena "Baiya" klubiga berilgan. Faqat futbolga moslangan ushbu stadion 3 yil ichida to'liq bitkazilgandi.
Yangi stadion 1951 yil qurilgan "Eshtadiu Fonte Nova" stadionining o'rnida qurildi.
Sobiq stadionda fojialar ham bo'lib turgan. "Baia" va "Vila Nova" o'rtasidagi bahsga 60 000 tomoshabin kelgandi. Stadionning tribunalaridan biri qulab tushgan va oqibatda 7 kishi halok bo'lgandi. Bir necha kun o'tgach "Eshtadiu Fonte Nova" buzib tashlangan. Arenani 2010 yil oktyabr oyida buzish boshlangan, uning o'rnida yangi zamonaviy 55 ming tomoshabin uchun mo'ljallangan "Arena Fonte Nova" qad rostladi. JCH-2014 vaqtida esa 48 747 odam bu stadionda futbol ko'ra oladi.
Bu yerda JCH-2014ning jami oltita (4ta guruh bosqichi, bittadan 1/8 final va 1/4 finalning) o'yini bo'lib o'tadi.
To'liq nomi: "Itaipava Arena Fonte Nova"
Qurilish boshlangan: 2010
Stadion qurib bo'lingan: 2013 yil 7 aprel
Stadion egasi: Baia shtati hokimiyati
Stadion sig'imi: 48 747
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: itaipavafontenova.com.br
Qizilqarli faktlar
Ushbu stadionni qurishdan oldin Gollandiyaning "Amstyerdam ArenA" stadioni arxitektorlari bilan fikr almashishgan.
Stadionda JCH-2014dan so'ng Olimpiada-2016 o'yinlari ham bo'lib o'tadi.
Stadion pivoni reklama qiladi. Jahon chempionati o'tmayotgan vaqtda stadion nomiga "Itaipava" so'zi qo'shiladi. Bu hamkorlik 10 yil uchun 100 million dollarga mo'ljallangan.
Aynan shu stadion qurib bo'linganidan ikki oy o'tganidan so'ng kuchli yoqqan yomg'ir natijasi stadion tomining bir qismi qulab tushgandi.
Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
13 iyun
Ispaniya - Gollandiya
16 iyun
Germaniya - Portugaliya
20 iyun
Shveytsariya - Fransiya
25 iyun
Bosniya va Gertsegovina - Eron
1 iyul
1/8 final (H1 - G2)
5 iyul
1/4 final
Narzulla Saydullaev tayyorladi.